Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung o‘z qurilmalarida aniqlangan kamchiliklarni qoplaydi
Foto: gizblog.it
Samsung korporatsiyasi kompaniya smartfonlarining dasturiy ta'minotida xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarni aniqlagan barcha foydalanuvchilarga moliyaviy mukofotni kafolatlovchi Mobile Security Rewards Program dasturini ochmoqda. 24gadjet shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.
Korporatsiya saytida foydalanuvchilar kamchilik topishi va tizimda xato topgan taqdirda yirik mukofot olishi mumkin bo‘lgan barcha qurilmalar ro‘yxati keltirilgan. Mobile Security Rewards Program dasturi Samsung tomonidan ikki yil va undan ortiq vaqt avval ishlab chiqargan ko‘pgina qurilmalarga taalluqli.
Dasturiy ta'minotdagi barcha kamchiliklar Samsung Mobile bo‘limi yoki pudratchilar tomonidan bevosita Samsung uchun ishlab chiqilgan ilovalar, servislar va proshivkalarda aniqlanishi mumkin.
Mukofot olish uchun bir necha shartlarni bajarish kerak bo‘ladi. Eng avvalo, DTning barcha kamchiliklari dasturlarning eng oxirgi yangilangan versiyasida aniqlanishi kerak, boshqa tashkilotlar ilovasiga nisbatan talablar bevosita Samsung qurilmalari bilan ishlovchi qismiga tegishli bo‘ladi. Ta'kidlash joizki, ijrosi haddan tashqari qiyin bo‘lgan dasturiy kamchiliklar - eksploytni aniqlagan foydalanuvchilarga mukofot berilmaydi.
Mukofot hajmi foydalanuvchi tomonidan aniqlangan kamchilik darajasiga qarab 200 dollardan 200 000 dollargacha farqlanadi.
Mavzuga oid
20:38 / 19.03.2026
Prezident mahalla tizimining bir guruh xodimlarini taqdirladi
15:00 / 10.03.2026
Yangi Samsung Galaxy S26 Ultra Global Mobile Awards 2026 da mukofotini qo‘lga kiritdi
20:09 / 03.03.2026
Shavkat Mirziyoyev bir guruh ayollarni mukofotladi
11:34 / 26.02.2026