Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bombalarga doir qo‘ng‘iroqlar: Rossiyaning 14 yirik shahrida odamlar evakuatsiya qilinmoqda
Bomba qo‘yib ketilgani haqidagi anonim qo‘ng‘iroqlar tufayli Rossiyaning biryo‘la 14 yirik shahrida evakuatsiyalar o‘tkazilmoqda. "Gazeta.ru"ning ma'lum qilishicha, qo‘ng‘iroqlar yakshanba kuni kechqurun boshlangan bo‘lib, "telefon qaroqchilari"ning so‘zlariga ko‘ra, bombalar maktablar, savdo-ko‘ngilochar markazlari, ma'muriy binolar va OTM binolariga qo‘yib ketilgan. Biroq mahalliy huquq-tartibot organlarining xabariga ko‘ra, tekshiruvlar natijasida hech qanday bombalar aniqlanmagan.
Ikki kundan beri mamlakatda shunday holatlar kuzatilmoqda. Bombalar haqidagi ilk qo‘ng‘iroqlar Omsk politsiyasiga kelib tushgan. Qo‘ng‘iroqlardan keyin kinoteatrlar va bir necha yirik savdo-ko‘ngilochar markaz, ikki maktab, meriya binosi, shuningdek Nafaqa fondi bo‘limida evakuatsiyalar o‘tkazilgan. Jami 24 obekt tekshirib chiqilgan.
Dushanba kuni kechqurun Bryansk politsiyasiga ham bombalar haqida xabar berilgan. Natijada ko‘plab savdo va ko‘ngilochar markazlar evakuatsiya qilingan.
Manbaga ko‘ra, evakuatsiya qilingan obektlarga yuzlab shifokorlar, politsiya va FVV xodimlari jalb qilinib, maxsus texnikalar keltirilgan.
Bundan tashqari, Ryazan, Ufa, Stavropol, Chelyabinsk, Yekaterinburg, Vladivostok, Magadan va Permda ham aholini ommaviy evakuatsiya qilish ishlari boshlangan.
Hozircha birorta joyda portlovchi modda aniqlanmagan. Xabar qilingan barcha joylar kinologlar va maxsus o‘rgatilgan itlar tomonidan tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
08:39
Polsha razvedkasi: Rossiya mablag‘iga namoyishlar tashkil etgan guruh fosh etildi
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026