Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada 67ta jarima qog‘oziga ega talaba Mercedes'da O‘zbekiston fuqarosining umriga zomin bo‘ldi
Moskva shahrida 67ta jarima qog‘oziga ega Mercedes haydovchisi bo‘lgan talaba O‘zbekiston fuqarosini urib ketdi. Hodisa oqibatida jabrlanuvchi halok bo‘lgan.
Federal yangiliklar agentligi ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosini urib ketgan shaxs Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti talabasi bo‘lgan.
Manba ma'lumotlariga qaraganda, 1996 yilda tug‘ilgan Ruslan X. 67 ta jarima qog‘oziga ega bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, gumonlanuvchining qarindoshlari juda katta nufuzga ega. Talaba o‘ziga to‘q oiladan ekani aytilmoqda.
Hodisa o‘tgan yakshanba kuni yuz bergan. Mercedes avtomobili rulida bo‘lgan Ruslan X. O‘zbekiston fuqarosi, Peterburgda ro‘yxatdan o‘tgan 1974 yilda tug‘ilgan To‘ychi U.ni urib ketgan.
U olingan jarohatlar tufayli voqea joyida halok bo‘lgan. Jasad o‘likxonaga olib ketildi.
Tezkor-qidiruv choralari natijasida 1996 yilda tug‘ilgan Ruslan X. qo‘lga olindi, u shahardan chiqmaslik haqida tilxat yozib bergan.
Mavzuga oid
11:10 / 01.07.2026
Toshkentda Tracker va BYD ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
10:15 / 01.07.2026
Qamchiqda yonilg‘i tashuvchi maxsus avtomobil YTHga uchradi
17:56 / 30.06.2026
Toshkentda YTH oqibatida Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi
11:56 / 30.06.2026