Jahon | 21:39 / 12.09.2017
20468
2 daqiqa o‘qiladi

Temir Sariyev: "Halol ishlash mumkinligini ko‘rsataman"

Foto: 24.kg

Qirg‘iziston prezidentligiga nomzod Temir Sariyev saylovchilar bilan uchrashishda davom etmoqda. Bugun u Chuy viloyatidagi bir necha shahar va qishloqlar aholisi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Mahalliy aholining fikricha, Sariyev munosib prezident bo‘la oladi. Odamlarning ishonch bildirishicha, Sariyev avvalgidek oddiy odamlarning manfaatlarini himoya qiladi.

Odamlar siyosatchilarning yolg‘on va'dalariga ishonmay qo‘yishgan, shu bois ular o‘zgarishlarni istashmoqda, deb yozadi 24kg nashri.

"Biz hukumat bosimidan qo‘rqmaymiz va saylovlardagi ovozlarimizni sotmaymiz. Mamlakatimiz munosib yetakchiga ega bo‘lishi uchun biz adolatli va haqqoniy saylovlar tarafdorimiz. Temir Sariyev — bizning prezidentimiz!", - deya qarshi oldi Sariyevni Kant shahri aholisi. 

O‘z navbatida, Temir Sariyev mamlakatda qat'iy va adolatli tartib o‘rnatishni niyat qilgan. 

"Men doim halol ishlaganman va talabchan bo‘lganman, hech qachon o‘zimni ayamaganman, kun-u tun ishlaganman va bundan-da ko‘p ishlayman.

Mening dasturimda biz pensiyaning asosiy qismi 5 ming somdan kam bo‘lishi kerak emasligiga doir punktni qo‘shdik. Bunga ikki yil davomida erishish mumkin. Men buning imkoni bor ekanini ko‘rsataman.

Men halol ishlash mumkinligi va qisqa muddatda mamlakatni ko‘tarish mumkinligini namoyish qilaman. Mamlakatni ko‘tarish uchun irodam va jasoratim yetadi", - dedi Temir Sariyev. 

Mavzuga oid