Jahon | 14:59 / 13.09.2017
10356
1 daqiqa o‘qiladi

Deputat Qirg‘iziston Konstitutsiyasidagi xatolikni aniqladi

Bugun, 13 sentabr kuni o‘tkazilgan Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Kengesining navbatdagi yig‘ilishida deputat Miqtibek Abdildayev mamlakat Konstitutsiyasida yo‘l qo‘yilgan xato mavjudligini ta'kidlab o‘tdi.

Deputatning so‘zlariga ko‘ra, Bosh qomus matnida davlat madhiyasining so‘zlari chalkashtirib yuborilgan. Tasdiqlangan matndagi «өrkүndөy» (yashnamoq) so‘zi o‘rniga «үrkүndөy» shaklidagi so‘z yozilgan.

«Har naqoratda ushbu xatoga yo‘l qo‘yilgan, agar rasmiy nashrda mana shunday xatoliklarga yo‘l qo‘yilsa, kelgusida biz nima deyishga ham hayronmiz», deydi Abdildayev.

Shuningdek, deputat broshyurani Davlat tili bo‘yicha milliy komissiya a'zolariga topshirdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid