Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoqani “bezagan” tilla
Foto: D
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib kirilishiga doir navbatdagi bojxona qoidabuzarligini fosh qilishdi. Bu haqda KUN.UZ’ga Andijon viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
“Do‘stlik” chegara bojxona kompleksi orqali qo‘shni davlatdan kirib kelayotgan xorijiy fuqaro Z.T.ning bojxonachilar qarshisida bezovtalanishi bejiz emas ekan.
Ushbu ayol belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma'lum qilmasdan turib, 31 dona tilla taqinchoqlarni olib kirishga uringani fosh bo‘ldi.
Bojxonachilarning ko‘zini shamg‘alat qilish maqsadida ushbu ayol uzuk va sirg‘alarni ko‘ylagining yoqasi ostiga yashirincha tikib qo‘ygan, shuningdek. 1 dona zanjirni ko‘ylagining uzun yengi ostidan bilagiga o‘rab olgan ekan. Shu tariqa Z.T. qiymati salkam 23 mln. so‘mlik 114,6 gr. tillalarni noqonuniy ravishda olib kirmoqchi bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi xududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni aksiz solig‘i solinmasdan olib kirishning ruxsat etilgan me'yorlariga muvofiq umumiy og‘irligi 30 grammdan ortiq bo‘lmagan qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metaldan tayyorlangan 5 donagacha zargarlik buyumlarini olib kirishga ruxsat etiladi.
Mavzuga oid
18:11 / 16.01.2026
Andijonda uyushgan jinoiy guruh a’zolari ushlandi
08:57 / 15.01.2026
1 trln 145 mlrd so‘mlik tovarlar noqonuniy muomaladan chiqarildi
08:40 / 10.01.2026
6 ta postda transport tekshiruvi sinov tariqasida chegara qo‘shinlariga berildi
17:24 / 01.01.2026