Sog‘liqni saqlash vaziri JSST bosh direktori bilan uchrashdi
Avval xabar berilganidek, shu yilning 11 sentabrdan boshlab, Vengriyaning Budapesht shahrida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning Yevropa mintaqaviy byurosining 67-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Unda Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmatining KUN.UZ’ga xabar berishicha, dunyoning turli mamlakatlari tajribasi bilan tanishish, ilg‘or amaliyotlarni o‘rganish va ularni hayotga tatbiq etish hamda aholi salomatligi bilan bog‘liq muammolarga samarali yechim topish mazkur nufuzli anjumanning maqsadlaridan biri bo‘ldi. Bundan tashqari, JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosiga a'zo 53 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etayotgan mazkur sessiyada xalqaro tashkilotning 2019-2023 yillarga mo‘ljallangan umumiy ish dasturi, “Salomatlik-2020” siyosatini amalga oshirish, bunda inson salomatligi va bulajak nasllar kamolotiga salbiy ta'sir etadigan tibbiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik muammolarni oldini olish kabi qator dolzarb masalalar xam keng muhokama qilinmoqda.
Budapesht safari davomida Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov JSST Bosh direktori Tedros Gebreyyesus va JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Jujanna Yakab bilan ikki tomonlama alohida uchrashuv o‘tkazdi. O‘zaro muloqotlar chog‘ida mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar darajasining oshirilayotgani, shuningdek, sohada qabul qilinayotgan me'yoriy hujjatlar, istiqboldagi rejalar va dasturlar haqida ma'lumot berildi.
Suhbat davomida T.Gebreyyesus va Jujanna Yakab mamlakatda Prezident Sh.Mirziyoyev boshchiligida hayotga tatbiq etilayotgan barcha huquqiy hujjat va dasturlar aholiga g‘amxo‘rlikning barcha zarur jihatlarini qamrab olayotganligi, O‘zbekiston tibbiyot tizimida ham o‘zining oqilona strategiyasi, siyosati va ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olganligini e'tirof etishdi. Shuningdek, ular O‘zbekiston va JSST o‘rtasida mamlakatimiz manfaatlarini himoya qiluvchi ko‘p tomonlama o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga har doim tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Uchrashuv davomida JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Jujanna Yakab bilan Sog‘liqni saqlash vaziri A.Shodmonov ikki yilga mo‘ljallangan o‘zaro hamkorlik shartnomasini ham imzolashdi.
Mavzuga oid
19:15 / 15.11.2024
JSST: 2018 yildan beri dunyoda tibbiyot muassasalariga 7,4 mingdan ortiq hujum uyushtirildi
18:19 / 13.11.2024
JSST maktab o‘quvchilariga yuklama ortib borayotganidan xavotirda
18:52 / 08.11.2024
Har yili dunyoda 1 milliarddan ortiq bola zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda - JSST
17:48 / 01.11.2024