Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy bank oltin zaxirasi va xalqaro operatsiyalar haqida oshkora ma'lumot berishga o‘tadi
Markaziy bank (MB) mamlakatdagi oltin zaxirasi, xalqaro operatsiyalar haqida oshkora ma'lumot berishga o‘tishni rejalashtirmoqda. Bu haqida 14 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan "Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar"ga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Temur Ishmetov bergan ma'lumotga asoslanib, KUN.UZ muxbiri ma'lum qildi.
Shu bilan birga, bundan buyon Markaziy bank muntazam ravishda ommaviy axborot vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qilishi va ular orqali xalqni bank faoliyatidagi o‘zgarishlar bilan o‘z vaqtida tanishtirib borishi, ishonchli ma'lumotlar taqdim etishi ta'kidlandi. Shu yo‘l bilan asossiz xabarlar tarqalishining oldi olinsa ajab emas.
Bundan tashqari, 13 sentabrdan boshlab ayrim banklarda yangi xizmat turi joriy qilingani qayd etildi. Unda muayyan foizli to‘lov asosida bir fuqaroning kartasidan boshqasiga mablag‘ o‘tkazish imkoni paydo bo‘lgani aytildi. Masalan, chet elda o‘qiyotgan yo ishlayotgan yurtdoshining ehtiyojlari uchun. Biroq bu yo‘l bilan ko‘chmas mulk yoki avtomobil xaridi taqiqlanishi ta'kidlandi.
Mavzuga oid
19:21 / 16.06.2026
O‘zbekistonning jahon chempionatidagi ishtirokiga bag‘ishlangan esdalik tangalar sotuvga chiqariladi
16:50 / 16.06.2026
“Asosiy stavka ta’sirchanligini oshirish choralarini ko‘ramiz” – Ishmetov
16:37 / 16.06.2026
Timur Ishmetov: 2027 yilda 5 foizlik inflatsiya maqsadiga erishish yo‘lida jiddiy xatarlar ko‘rmayapmiz
11:05 / 16.06.2026