Samarqandda 19 tup kannabis o‘stirayotgan fuqaro jinoyati fosh etildi
Bugungi kunda giyohvandlik umumbashariy muammolardan biriga aylangan. Asr vabosi deb baholanayotgan «oq ajal» qanchadan-qancha insonlarning baxtiga zomin bo‘lmoqda. Giyohvandlik moddalarni iste'mol qilishga odatlanish oqibatida nogiron, jismoniy va aqliy nuqsoni bo‘lgan farzandlar dunyoga kelmoqda. Afsuski, oramizda oilalarimiz tinchligi, farzandlarimiz kelajagiga raxna solayotgan, jiddiy xavfga aylangan giyohvandlik bilan shug‘ullanuvchi shaxslar hamon uchrab turibdi.
Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasining Jinoyat qidiruv boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish profilaktik tadbirlari jarayonida Tayloq tumani «Jumabozor» MFYda yashovchi fuqaro X.S.ning uyida giyohvand o‘simlik parvarishlayotgani aniqlandi. Bu haqida Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati KUN.UZ’ga xabar berdi.
Olib borilgan tezkor tadbir davomida voqea joyida 15 kvadrat metr maydonda parvarishlanayotgan, uch metrdan oshiq bo‘y olgan 19 tup kannabis (nasha) giyohvand o‘simligi ashyoviy dalil sifatida topilgan. Ishchi guruh tomonidan giyohvand modda yetishtirayotgan fuqaro X.S.ning uyi ko‘zdan kechirilganda uyning yerto‘lasida 2353 gramm marixuana saqlanayotganligi aniqladi.
Masalaning e'tiborli tomoni shundaki, ishchi guruh tomonidan noqonuniy tarzda yetishtirilgan giyohvand moddalarni yo‘q qilish jarayonida fuqaro va uning yaqinlari keskin qarshilik qilishgan.
Bugun ichki ishlar idoralari tomonidan joylarda jinoyatchilikni oldini olish borasida qator profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Nahotki, Jumabozor mahalla fuqarolar yig‘inida bu borada hech qanday amaliy ishlar bajarilmayotgan bo‘lsa? Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, uning maslahatchilari, giyohvand moddalarni yetishtirgan fuqaroning qo‘ni-qo‘shnilari bunday noqonuniy xatti-harakatlarga bee'tibor bo‘lib kelgan bo‘lsa?
Aniqlangan holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Tayloq tumani Jumabozor mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaroning giyohvand modda yetishtirish bilan bog‘liq jinoiy harakatiga chek qo‘yildi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
Jahon | 00:59
-
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 00:26
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45 / 13.05.2025
-
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
Jahon | 23:29 / 13.05.2025
Mavzuga oid

12:02 / 11.05.2025
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari soni oshdi

15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

11:48 / 08.05.2025
Samarqand AEXA milliy koordinatorlari yig‘ilishini qabul qiladi

20:42 / 06.05.2025