O‘zbekiston | 19:55 / 14.09.2017
35393
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga boradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 2017 yil 17 sentabr kuni Turkmanistonga tashrif buyuradi.

O‘zA xabariga ko‘ra, prezident Ashxobod shahrida o‘tkaziladigan Yopiq inshootlarda va jang san'atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazishi ham ko‘zda tutilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid