Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda shifokorni do‘pposlagan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
2017 yilning 12 sentabr kuni KUN.UZ saytida Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori chaqiruv orqali borgan xonadonda erkak kishi tomonidan do‘pposlangani haqida maqola e'lon qilingandi.
10 sentabr kuni xizmat vazifasini bajarib turgan Mirzo Ulug‘bek tumani 5-bo‘lim Tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori Zafar Qayumov navbatdagi chaqiruv orqali ushbu tumandagi Qora-su 4-mavzesi 1-uy, 9-xonadonga yo‘l olgan va u yerda bemorning otasi Abdumalik Karimov tomonidan do‘pposlangan.
KUN.UZ’ga Toshkent shahar “103” xizmati boshlig‘ining aytishicha, huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan Abdumalik Karimovga nisbatan “Bezorilik” moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va bu borada tegishli ishlar olib borilmoqda.
Qayd etib o‘tish lozimki, ayni paytda shifokor Zafar Qayumov Respublika Neyroxirurgiya ilmiy markazida davolanmoqda. U shifoxonaga yetkazilganda, bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, peshona yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi, ko‘z kosasi gematomasi, subkonyuktival o‘ng tomon ko‘zga qon quyilishi tashxisi qo‘yildi.
KUN.UZ voqealar rivojini kuzatib boradi.
Mavzuga oid
20:25 / 06.06.2026
Kalamushlar, yoqimsiz hid va yillab davom etayotgan muammo: Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahalla ahli yechim kutayotgan holat
17:31 / 26.05.2026
O‘quvchini urgan o‘qituvchi voqeasiga rasmiy baho berildi
08:53 / 23.05.2026
Toshkentda ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi
17:59 / 06.05.2026