Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda aeroport boshlig‘i prezident vertolyoti tufayli hayotdan ko‘z yumdi
Tojikistondagi Xorug‘ shahri aeroporti boshlig‘i Dildor Maqsudshoyev prezident Imomali Rahmonning vertolyotini Dushanbega kuzata turib halok bo‘ldi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«Prezidentning vertolyoti havoga ko‘tarilayotgan paytda, Dildor Maqsudshoyev unga juda yaqin masofada turgandi. Vertolyot parraklari tufayli yuzaga kelgan kuchli shamol sababli u yiqilib tushdi hamda yonida turgan katta toshga urildi», - deya xabar bergan Tojikiston IIV matbuot xizmati.
Xorug‘ aeroporti boshlig‘i davlat rahbarining Darvoz tumaniga safari davomida, uni kutib olgan hamda kuzatib yuborgan viloyat amaldorlari orasida bo‘lgan.
IIV ma'lumotlariga ko‘ra, Maqsudshoyev shifoxonaga olib ketilayotgan paytda hayotdan ko‘z yumgan.
Mavzuga oid
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
08:49 / 15.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashdi: mashhur xonanda Oliver Tri halok bo‘ldi
23:05 / 14.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
20:29 / 11.06.2026