Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Biznes-ombudsman vakili: «Tadbirkorlar huquqini har tomonlama himoya qilishga tayyormiz»
Biznes-ombudsman O‘zbekistondagi tadbirkorlarning buzilgan huquqlarini tiklashga, ularning faoliyati har tomonlama rivojlanishiga yaqindan yordam beradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish (Biznes-ombudsman) bo‘yicha vakili Dilmurod Qosimov Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida ma'lum qildi.
«Mamlakatimizda bunday institutning tashkil topishi davlat organlari va tadbirkorlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajaradi hamda ular orasida «muloqot formati» yo‘lga qo‘yiladi. O‘z vakolatlarimdan kelib chiqqan holda, tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorman. Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ogohnoma, taqdimnoma kiritamiz, kerak bo‘lsa shu masalalar yuzasidan xulosalar qilamiz», deya qayd etdi Dilmurod Qosimov.
Hozirgi kunda biznes-ombudsman o‘z faoliyatini 50 mamlakatda olib boradi. O‘zbekistonda biznes-ombudsman tadbirkorlarning eng yaqin «himoyachisi» bo‘lib, ularning huquqlarini himoya qiladi, biznes faoliyatning rivojlanishiga ko‘maklashadi hamda qonun hujjatlarining amalda rioya qilinishini nazorat ostiga oladi.
Mavzuga oid
15:37 / 06.05.2026
Markirovkali suv va ichimliklarni agregatsiyalash kechiktiriladi
11:15 / 06.05.2026
Raqobat qo‘mitasi peshlavhalarga oid hujjat loyihasini e’lon qildi
18:42 / 05.05.2026
Tadbirkorlarni qiynayotgan soliqqa oid ayrim muammolar bo‘yicha prezidentga takliflar kiritildi
17:45 / 05.05.2026