O‘zbekiston | 15:42 / 15.09.2017
8186
1 daqiqa o‘qiladi

Komilov Bangladesh elchisi bilan rohingya musulmonlari masalasini muhokama qildi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2017 yilning 15 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Bangladesh Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Ma'sud Mannanni qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 12 sentabrdagi Myanmadagi ozchilikni tashkil etuvchi musulmonlarga ko‘rsatilayotgan zo‘ravonlik holatlari haqidagi bayonoti va O‘zbekiston Hukumati tomonidan Bangladeshga qochqinlarning ehtiyojlari uchun ularga insonparvarlik yordamini yuborish to‘g‘risidagi qaroriga oid amaliy masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv chog‘ida ikki tomon munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari, shuningdek O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Bangladeshga bo‘lajak tashrifi kun tartibi va dasturi ham ko‘rib chiqildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid