Nazarboyev Tramp bilan nimalar haqida gaplashganini ma'lum qildi

FOTO: INSTAGRAM / AKORDAPRESS
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Oqo‘rdada xorijiy va mahalliy jurnalistlar bilan matbuot anjumanda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlashgani haqida so‘zlab berdi.
Nazarboyev qozog‘istonlik jurnalistning “Sizning Tramp bilan suhbatingiz nima haqida bo‘ldi?” degan savoliga, jilmayib “Qiziq, nimani bilishni istardingiz? Siz menga ishonmaysizmi?” deb javob qilgan.
Prezident ikki davlat yetakchilarining telefon orqali suhbati odatiy hol ekanligini ta'kidlab o‘tdi. O‘tgan yil noyabrda Nazarboyev Tramp prezident etib saylangandan keyin unga qo‘ng‘iroq qilgan, keyinroq esa u bilan AQSh va arab davlatlari uchrashuvida yuzma-yuz ko‘rishgan.
Bu gal esa Trampning o‘zi Nazarboyevga qo‘ng‘iroq qilgan.
“Biz avvalo Qozog‘iston-AQSh munosabatlari haqida so‘zlashdik. Men unga AQSh kompaniyalari Qozog‘istonga 40 mlrd dollar sarmoya qiritishganini eslatib o‘tdim. Bizda AQSh biznesi ishtirokidagi 500 dan ko‘proq kompaniya ishlaydi. Men undan sanksiyalar bu kompaniyalar faoliyatiga ta'sir qilmasligini so‘radim. U esa bu Qozog‘istonga ta'sir qilmasligiga va'da berdi”, deb aytmoqda Nazarboyev.
Nazarboyev Trampdan Rossiya bilan munosabatlar haqida ham so‘ragan.
“Albatta, men bizga yaqin bo‘lgan davlat – Rossiya bilan munosabatlar haqida so‘ramay olmasdim. Men Rossiya va Rossiya yetakchisi g‘arbda noto‘g‘ri qabul qilinishini, u umuman boshqacha odamligini ochiqchasiga aytdim.
U menga “Bilasanmi, men Germaniyada Putin bilan uchrashdim va endi barchasi vaziyatlarga bog‘liqdir. Fikrimcha, istak bo‘lganda bu relslardan chiqib, munosabatlarni yo‘lga qo‘yish mumkin” deb javob qildi”, deb eslamoqda Nazarboyev.
Tramp suhbat chog‘ida Nazarboyevga Oq uyga kelishni taklif qilgan, Qozog‘iston prezidenti bunga bajonidil rozi bo‘lgan.
“Deyarli hammasini so‘zlab berdim”, deb o‘z so‘zlarini intiholagan Nazarboyev.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniya razvedkasiga ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi
Jahon | 01:39
-
Shimoliy dengiz sohillaridan ulkan kitning jasadi topildi
Fan-texnika | 00:38
-
«Payshanba kuni Turkiyada kutaman». Zelenskiy Putinni shaxsan uchrashishga taklif qildi
Jahon | 22:43 / 11.05.2025
-
Rossiyada ma’muriy javobgarlikka tortilgan relokantlar mulkini musodara qilish boshlanadi
Jahon | 22:17 / 11.05.2025
Mavzuga oid

16:31 / 11.05.2025
Sulh o‘rniga – Istanbulda yangi muzokaralar. Putin G‘arbning 30 kunlik otashkesim bo‘yicha taklifiga qanday javob qaytardi?

07:45 / 11.05.2025
Putin Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni taklif qildi

07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

17:23 / 09.05.2025