Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzor tumanida mashina haydagan qizning piyodalarni urib ketishi fojiali tugadi
15 sentabr tungi soat 01.00larda Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bunyodkor ko‘chasida, “Oq tulpor” restorani qarshisida 21 yoshli toshkentlik qiz “Lasetti” mashinasida yo‘l chetidan ketayotgan 4 piyodani urib yuborgan. Jabrlanuvchilardan biri – 25 yoshli yigit voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. Uning qolgan 3 o‘rtog‘i 16-shahar kasalxonasiga yetkazilgan. Qiz piyodalarni bosib ketgandan keyin yonida ketayotgan “Neksiya” mashinasi bilan to‘qnashgan. Ikkala mashina haydovchilari va yo‘lovchilariga hech narsa qilmagan.
Toshkent shahar IIB YHXB matbuot xizmatida ma'lum qilinishicha, qiz o‘z tanishining mashinasini haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan holda boshqargan. Mashina egasi esa bu vaqtda uning yonidagi o‘rindiqda bo‘lgan. YTH sodir bo‘lgan vaqtda qiz hushyor holda bo‘lgan.
Ayni vaqtda ushbu holat yuzasidan dastlabki tergov ishlari boshlab yuborilgan.
Mavzuga oid
09:00 / 05.07.2026
Mundialdagi debyutga rasmiy baho, qimmatlayotgan benzin va o‘pirilgan damba - hafta dayjesti
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026