Jahon | 15:33 / 16.09.2017
5933
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq armiyasi Suriya bilan chegarada IShIDga qarshi keng miqyosli amaliyot boshladi

Foto: Reuters

Iroq armiyasi Suriya bilan chegaraga yaqin joylashgan Anbar g‘arbiy viloyatini IShID terrorchilik guruhidan ozod qilish bo‘yicha keng ko‘lamli amaliyotni boshladi. Bu haqda Sky News Arabia xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, amaliyotda nafaqat armiya kuchlari, balki aholi orasidan bo‘lgan ko‘ngillilar ham ishtirok etmoqda.

Akashatadan shimoli-sharqda IShIDning Iroq g‘arbidagi eng yirik tayanch nuqtalaridan biri – Al-Qaim shahri joylashgan.

Harbiy manbaning aytishicha, viloyat hududida jangarilarga taslim bo‘lish va sudlanish yoki iroqlik harbiylar qo‘lidan halok bo‘lish taklif qilingan varaqalar tarqatildi.

Avgust oyi oxirida Iroq bosh vaziri mamlakat armiyasi Tall-Afarda IShIDni mag‘lub etgani haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid