Sport | 23:40 / 17.09.2017
5963
3 daqiqa o‘qiladi

Bundesliga. «Borussiya» 16 yillik tarixiy natijani takrorladi

Foto: Twitter/BVB

Germaniya bundesligasining 4-turidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar yakuniga yetdi. So‘nggi ikki uchrashuvda yirik hisoblar qayd etildi.

Dortmundning «Borussiya»si «Kyoln»ni qabul qilib, Filipp va Obameyangning dubllari evaziga 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu uchrashuvdan so‘ng «Borussiya» 2001/2002 yilgi mavsumdan buyon ilk marta bundesliganing dastlabki to‘rtta uchrashuvda o‘z darvozasidan birorta ham to‘p olib chiqmadi. 16 yil oldin jamoa bu ishni amalga oshirganida oxir-oqibat chempionlikni qo‘lga kiritgandi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Borussiya» hisobidagi ochkolar soni 10ga yetib, jamoa bundesliga turnir jadvalida yetakchilikni qaytarib oldi. «Kyoln» esa ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyatdan so‘ng 0 ochko to‘plab so‘nggi o‘rinda qolmoqda.

Turning yana bir uchrashuvida «Bayyor» «Frayburg»ni qabul qilib, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Kevin Folland dublga erishdi. Bu leverkuzenliklarning dastlabki g‘alabasi edi, natijada ochkolari sonini 4taga yetkazgan «Bayyer» 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Germaniya bundesligasi, 4-tur

Borussiya D – Kyoln 5:0 (2:0)
Gollar: Filipp (2, 69), Papastatopulos (45), Obameyang (59, penalti, 60).
Borussiya D: Byurki, Papastatopulos, Zagadu, Pishchek, Toprak, Daud, Shaxin (Vaygl, 67), Yarmolenko (Pulishich, 66), Kastro, Filipp, Obameyang (Isak, 85).
Kyoln: Horn, Xorxe Mere, Horn, Klyunter, Xaynts, Risse, Lemann, Xeger (Yoyich, 64), Bitenkur (Tsoller, 56), Kordoba, Osako (Sorensen, 64).
Ogohlantirishlar: Lemann (39), Klyunter (59), Kordoba (63).

Bayyer – Frayburg 4:0 (3:0)
Gollar:
 Folland (21, 34), Arangis (29), Brandt (86).
Bayyer: Leno, Bender, Retsos, Vendell, Arangis, Bender (Xenrixs, 63), Xavertts, Kor (Baumgartlinger, 79), Brandt, Belarabi (Mexmedi, 71), Folland.
Frayburg: Shvolov, Linxart, Gyunter, Kyubler, Seyundjyu, Abrashi (Frantts, 28), Xefler, Xaberer, Terratsino (Kapustka, 69), Niderlexner, Klyayndinst (Kent, 46).
Ogohlantirishlar: Seyunjyu (70), Xefler (87).

Mavzuga oid