00:40 / 17.09.2017
6099

RFPL. «Krasnodar» «Zenit»ga yetib oldi. Shomurodovsiz «Rostov» TsSKAga yutqazdi

Rossiya premer-ligasining 10-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda «Krasnodar» mehmonda «Anji» ustidan g‘alaba qozondi — 5:1.

Maxachqal'aliklar tarkibida O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod bo‘lgan Vadim Afonin to‘liq 90 daqiqa harakat qildi, ammo u ham jamoasini yirik mag‘lubiyatdan qutulib qolishiga yordam bera olmadi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Krasnodar» hisobidagi ochkolar soni 21 ochko yetdi va jamoa «Zenit» bilan tenglashib oldi. Piterliklarda esa zaxira o‘yini bor. 

Yana bir uchrashuvda TsSKA «Rostov»ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi va ochkolari sonini 19taga yetkazib, to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Mehmonlar tarkibida Eldor Shomurodov maydonga tushmadi.

Rossiya premer-ligasi, 10-tur

Anji – Krasnodar 1:5 (0:1)

Gollar: Poluyaxtov (77) – Smolov (39), Klasson (55), Vanderson (67, 71), Okriashvili (79).
Anji: Budakov, Armash, Samardjich, Poluyaxtov, Tetrashvili (Guliyev, 74), Xubulov (Lipartiya, 60), Afonin, Danchenko, Prudnikov, Markelov, Bazelyuk (Katsayev, 30).
Krasnodar: Kritsyuk, Shishkin, Grankvist, Petrov, Martynovich, Kabore, Gazinskiy (Jigulev, 82), Pereyra (Okriashvili, 74), Podberezkin, Klasson (Vanderson, 64), Smolov.
Ogohlantirishlar: Markelov (88).

TsSKA – Rostov 2:0 (1:0)

Gollar: Berezutskiy (30), Vitino (68).
TsSKA: Akinfeyev, Vasin, Berezutskiy, Ignashevich, SHCHennikov, Fernandes, Dzagoyev (Natxo, 73), Vernblum, Golovin, Vitino (Chalov, 71), Jamaletdinov (Kuchayev, 86).
Rostov: Abayev, Parshivlyuk, Ustinov, Ingason, Vilyush, Boben, Ionov (Dumbiya, 62), Kalachyov, Yusupov, Mogilevets (Gatskan, 46), Dyadyun (Buxarov, 51).
Ogohlantirishlar: Yusupov (39), Golovin (56), Gatskan (57).

Mavzuga oid
Top