Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Hyundai ix35 krossoverining yangi suratlari
Bir necha yil muqaddam avtobozorlarda Hyundai ix35 o‘rnini Tucson krossoveri egallagan edi. Biroq Xitoy bozori uchun istisno qilindi. Mamlakatda ikkala modelni ham xarid qilish mumkin. 2017 yil aprel oyida Koreya kompaniyasi yangi avlod Hyundai ix35modelining prototipini namoyish qildi. Iyul oyida ilk josuslik suratlari paydo bo‘ldi. Endilikda uning yangi fotosuratlari bilan tanishish mumkin.
Yangi seriyali ix35 umuman olganda kontsept dizaynini saqlab qolgan. Yangi krossover uzunligi 4 435 mm bo‘lib, avvalgisidan 15 mmga uzunroqdir. Hyundai ix35 eni – 1 850 mm (+30 mm), balandligi 1 680 – 1 715 mm (disklar va reylinglar o‘lchamiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. G‘ildiraklar oralig‘i avvalgidek – 2 640 mm o‘lchamda saqlanib qolgan.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, yangi Hyundai ix35 2.0 l atmosferali hamda 1.4 l turbodvigatellar bilan savdoga chiqariladi. Ularga ikki uzatmali 7 bosqichli AUQ o‘rnatiladi.
Yangi avlod Hyundai ix35 joriy yil oxirigacha dilerlarga yetkazib beriladi. Krossoverni Xitoydan boshqa mamlakatlarda sotish rejalashtirilmagan.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026