Jahon | 10:03 / 18.09.2017
5700
2 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya bosh vaziri: KXDR bilan muloqot boshi berk ko‘chaga olib kiradi

Foto: entrehub.com

KXDR bilan muloqot olib borish Pxenyanning doimiy ravishda raketa va yadro sinovlari o‘tkazishi e'tiborga olinsa, shuningdek, avvalgi tajribadan kelib chiqib aytish mumkinki, boshi berk ko‘chaga kirib qolishi mumkin. Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe The New York Times gazetasida e'lon qilingan maqolasida shu haqda so‘z yuritgan.

“Hamma Shimoliy Koreya muammosini tinch yo‘l bilan hal etishga urinmoqda. Bunda xalqaro hamjamiyatning yakdilligi muhim ahamiyatga ega. Shunga qaramay, diplomatiyaga ustunlik berish va KXDR bilan muloqot olib borish muhimligini ta'kidlash ish bermaydi. Tarixdan ma'lumki, bu vaziyatda xalqaro hamjamiyat tomonidan bosim nihoyatda zarur”, - deb qayd etgan bosh vazir.

Abening yodga olishicha, KXDR 1990 yillarda Xalqaro atom energiyasi agentligi va Yadro qurolini tarqatmaslik shartnomasidan chiqqan edi. Bundan tashqari, uning fikricha, Xitoy, AQSh, Rossiya, Janubiy Koreya va Yaponiya ishtirokidagi KNDR bilan o‘tkazilgan muzokaralar samara bermadi. 

“Shu va raketa hamda yadro sinovlari davom etayotgani e'tiborga olinsa, Shimoliy Koreya bilan muloqotni davom ettirish boshi berk ko‘chaga kirib qoladi. Chunki Pxenyan yangi muzokaralarni boshqa davlatlarning taslim bo‘lgani sifatida qabul qiladi. Hozirda, Shimolga imkon qadar katta bosim o‘tkazish vaqti keldi. Buni esa ortga surib bo‘lmaydi", - deb qo‘shimcha qilgan Yaponiya hukumati rahbari.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid