Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MIB xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi ushlandi (video)
Bosh prokuratura qoshidagi Majburiy ijro byurosi Samarqand tumani bo‘limi tomonidan hududda faoliyat ko‘rsatayotgan “Qurbonov Qosim” fermer xo‘jaligining elektr energiyasidan foydalanish ahvoli o‘rganilganda, fermer xo‘jaligi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlatga 58 million so‘mdan ziyod zarar yetkazgani aniqlanib, hujjatlashtirilgan. Bu haqda “O‘zbekiston24” telekanali saytida xabar berildi.
Yillar davomida o‘ziga tegishli tovuqchilik fermasini ishlatish uchun elektr energiyasidan o‘g‘rincha foydalangan fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi A.Q. siri ochilgach, yetkazilgan zararni qoplashdan bosh tortib, “yopig‘lik qozonni ochmaslik” uchun MIB xodimiga pora taklif qiladi.
U joriy yilning 13 sentabr kuni 1200 AQSh dollari miqdorida pora berayotganda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mavzuga oid
18:29 / 13.06.2026
Toshkentda fuqarodan ming dollar talab qilgan tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi
15:47 / 13.06.2026
Poraxo‘rlik jinoyati ishtirokchilari muddatidan ilgari ozod qilinmaydi
09:45 / 13.06.2026
Guliston shahar hokimligi xodimi pora bilan ushlandi
18:28 / 12.06.2026