Jahon | 21:40 / 18.09.2017
7405
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘rnimga turib bering”: Singapurda navbatni yoqtirmaydiganlar uchun startap ishlay boshladi

Singapurda navbatda turishni yoqtirmaydiganlarga yordam taklif qiluvchi iQueue startapi ishlay boshladi. Sizning o‘rningizga buni kompaniya xodimlari qilishadi. Ayni vaqtda kompaniyada 10 nafar “professional navbat kutuvchilar” ishlamoqda. Ular konsertga chipta yoki cheklangan miqdordagi krossovkalar uchun sizning o‘rningizga navbatda turib berishlari va olingan mahsulotlarni sizning uyingizga eltib berishlari mumkin.

Ularning bir soat navbatda turishlari 20 Singapur dollari, 3 soat turishlari 35 va 8 soat turishlari 85 Singapur dollariga aylanadi.

Foto: meduza.io

Ushbu startap xizmatidan kimdir foydalangani borasida hech narsa ma'lum emas.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid