19:47 / 18.09.2017
17234

Video: Shimoliy irlandiyalik futbolchi 7 futbolchini aldab o‘tib gol urdi

Shimoliy Irlandiya chempionatida «Finn Harps» klubi futbolchisi Patrik Makkort «Slaygo Rovers»ga qarshi o‘yinda hayratomuz gol urdi. 33 yoshli futbolchi to‘pni maydon markaziga yaqin joyda egallab, raqib futbolchilarini aldab o‘tishga kirishadi va jarima maydoniga kirish yo‘lida jami 7 futbolchidan o‘tib, to‘pni darvozaning uzoq burchagiga yo‘llaydi.

Lekin bu gol «Finn Harps» ochko olishiga yordam bermadi, o‘yin «Slaygo Rovers»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Top