Şimoliy Irlandiya poytaxtida bir neça kundan buyon tartibsizliklar töxtamayapti. 9 aprel kuni Belfast şimolida tartibsizliklar iştirokçilari politsiya xodimlariga toş va yonuvçi aralaşma solingan şişa idişlar uloqtirişdi. Ma'lumot berilişiça, bir neça politsiyaçi jarohatlangan. Tartibsizliklar boşlanganidan buyon kamida 55 politsiyaçi jarohat olgan.
Londondagi hukumatga xayrixoh bölgan namoyişçilar tartibsizliklar iştirokçilarini Britaniya qiroliçasi Yelizavetaning turmuş örtoği şahzoda Filippning ölimi munosabati bilan qiroliçaga hurmat körsatişga çaqirişdi. Ammo ular faqat aksiyani töxtatib turiş niyatida va qirollikdagi motam marosimi tugaganidan söng aksiyani yana davom ettirişmoqçi.
Tartibsizliklar boşlanişiga «Şinn feyn» partiyasining yuqori lavozimdagi rahbarlari terrorçilik faoliyati olib borgan «Irlandiya respublika armiyasi» guruhi sobiq a'zosining ta'ziya marosimida iştirok etgani sabab böldi.
Prokuraturaning ularni koronavirusga qarşi kuraş qoidalarini buzgani uçun javobgarlikka tortmaslik töğrisidagi qarori Londonga xayrixoh bölgan namoyişçilar e'tiroziga sabab böldi.
Şimoliy Irlandiyada ötgan öttiz yil davomidagi özaro nizo oqibatida 3500dan ortiq kişi halok bölgan, 50 mingga yaqin kişi jarohatlangan.













