Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya "Brekzit"dan keyin Şimoliy Irlandiya böyiça uzoq yillik savdo mojarosini hal qilişga qaratilgan kelişuvga erişdi. Bu haqda 27 fevral, duşanba kuni Buyuk Britaniya boş vaziri Rişi Sunak va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen qöşma matbuot anjumanida ma’lum qilişdi.
Britaniya hukumati rahbari ta’kidlaganidek, Şimoliy Irlandiya böyiça "Brekzit"dan keyin Britaniya provinsiyasi bilan asosan bojxona va çegara masalalari böyiça munosabatlarni tartibga soluvçi dastlabki protokol özgartiriladi. Kelişuv Irlandiya dengizida erkin savdoni çegaralarsiz, tösiqlarsiz amalga oşiriş imkonini beradi, dedi siyosatçi hamda hujjat Buyuk Britaniya va YeI örtasidagi munosabatlarda yangi bobning boşlanişi bölişiga işonç bildirdi.
Uzoq davom etgan mojaroning markazida Şimoliy Irlandiya protokoli turgandi. Bu 2020 yilgi "Brekzit" böyiça haqiqiy kelişuvga qöşimça hisoblanadi. Protokol Şimoliy Irlandiyadagi Britaniya provinsiyasi va Yevropa Ittifoqiga a’zo Irlandiya örtasidagi tovarlar harakatini tartibga soladi. U Şimoliy Irlandiyada bir neça ön yillar davomida davom etayotgan mojaroning qayta tiklanişi xavfi bilan tegişli nazorat ostida Irlandiya orolida qattiq çegara paydo bölişining oldini oliş uçun amalga oşiriladi. Asosan protestant bölgan Britaniya tarafdori bölgan ittifoqçilar va Şimoliy Irlandiyani Irlandiya Respublikasi bilan birlaştiriş tarafdorlari - asosan katoliklar örtasida yangi zöravonlik paydo bölişi mumkin degan xavotirlar bor edi.













