O‘zbekiston | 18:28 / 19.09.2017
4356
2 daqiqa o‘qiladi

Farmatsevtika EIZlarga suv, gaz va elektr tortib kelinadi

Foto: vinal.pro

Vazirlar Mahkamasining 2.09.2017 yildagi 691-son qarori bilan 2017—2019 yillarda «Nukus-farm», «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm», «Sirdaryo-farm», «Boysun-farm», «Bo‘stonliq-farm» va «Parkent-farm» EIZ hududlarida transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ishlab chiqarish infratuzilmalarini jadal rivojlantirish dasturi ma'qullandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
 
Hujjat avtomobil yo‘llari, suv ta'minoti, kanalizatsiya va irrigatsiya tizimlari, elektr, gaz ta'minoti va telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish va ta'mirlashni ko‘zda tutadi. Hammasi bo‘lib dasturga umumiy moliyalashtirish miqdori 29 mlrd. so‘mdan ortiq  69 ta loyiha kiritilgan.
 
Eslatib o‘tamiz, ilgari shu mazmundagi hujjat “Urgut” EIZ, “G‘ijduvon” EIZ, “Qo‘qon” EIZ va “Hazorasp” EIZga nisbatan qabul qilingan edi.
 
Qaror bilan vakolatli organlarga tegishli topshiriqlar berilgan hamda qator tashkiliy masalalar tartibga solingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid