Jahon | 18:04 / 19.09.2017
10966
1 daqiqa o‘qiladi

Sud Navalniyga Usmonov haqidagi filmdan ayrim lavhalarni olib tashlash majburiyatini yukladi

Foto: Reuters

Moskva Lyublin sudi «Sotsgosproyekt» fondining muxolifatchi Aleksey Navalniy hamda u asos solgan Korrupsiyaga qarshi kurash Fondi qarshisidagi ishbilarmonlik obro‘sini tiklashni so‘rab yozgan arizasini qanoatlantirdi, deb xabar qilmoqda «Interfaks» agentligi.

Arizada KKF filmida haqiqatga mos kelmaydigan, ya'ni yirik yer uchastkasiga ega dang‘illama uyning «Sotsgosproyekt»ga hadya qilinishi Alisher Usmonovning porasi ekanini ta'kidlovchi ma'lumotlar borligi qayd etilgan. Ushbu ma'lumotlar esa haqiqatga mos kelmaydi va fond obro‘siga putur yetkazadi. 

Sud qaroriga muvofiq, Navalniy va KKF qaror kuchga kirganidan 10 kun mobaynida sud arizadagi ma'lumotlarni rad etishi hamda o‘z resurslarida joylashtirilgan filmdan mazkur ma'lumotlar qayd etilgan lavhalarni olib tashlashi kerak. 

Navalniy vakili Ivan Jdanovning xabar qilishicha, sud qarori ustidan apellyatsiya arizasi topshiriladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid