Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bosh prokuratura qachon matbuot anjumani o‘tkazadi?
So‘nggi bir yilda O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar ko‘lami kengligidan ularni yoritishda OAV ulgurolmayapti, deyish mubolag‘a bo‘lmaydi. Xususan, jamiyatda shaffoflik va oshkoralikni ta'minlash, jamoatchilik nazoratini joriy qilish, davlat organlarining faoliyatini xolis baholash tizimini yo‘lga qo‘yish va boshqa shunga o‘xshash yo‘nalishlarda olib borilayotgan islohotlar ko‘lami kengligini e'tirof etmasdan bo‘lmaydi.
Xususan, davlat organlari bilan OAV vakillari o‘rtasidagi aloqa va hamkorlikni yangi bosqichga chiqarish yo‘lida jiddiy ishlar olib borilayapti. Xalqaro Press-klub faoliyatini fikrimiz isboti deyish mumkin. Bundan tashqari qator vazirliklar va qo‘mitalar rasmiy vakillarining oyda kamida bir marotaba OAV vakillari bilan uchrashuvi hamda matbuot anjumanlarida jurnalistlar savollariga javob berishlari odatiy tusga kirib bormoqda. Bu kabi ijobiy jarayonlarni olqishlash kerak, xolos.
Ammo matbuot anjumanlari o‘tkazish, jurnalistlar hamda davlat mulozimlari o‘rtasida dolzarb va kechiktirib bo‘lmas ayrim mavzularda fikr almashishni yo‘lga qo‘yish masalasida qator idoralarda oqsoqliklar, ishga eskicha yondashish holatlari kuzatilmoqda.
Jumladan,O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmati o‘z faoliyatini tanqidiy baholab, rahbariyati va OAV vakillari o‘rtasida jilla qursa oyda bir marotaba matbuot anjumani tashkil etsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Bundan ikki tomon ham yutqazmaydi, deyishga asoslarimiz yetarli. Masalan, Bosh prokuratura jurnalistlar ixtiyorida bo‘lgan qonunbuzarliklardan xabardor bo‘lgan, OAV vakillari esa, prokuratura bilan bog‘liq yechimini kutayotgan muammolarni nafaqat bevosita Bosh prokuraturaga yetkazish, balki keng jamoatchilikka asosli ravishda ma'lum qilish imkonini qo‘lga kiritar edi.
Mavzuga oid
00:16 / 06.05.2025
Maldiv prezidenti matbuot anjumani davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
10:07 / 31.12.2021
Ukrainaga chindan Lenin asos solganmi – Putinning matbuot anjumani haqida ekspertlar nimalar dedi?
15:49 / 23.04.2021
«Tekshiruvchi ham, tekshiriluvchi ham bitta tuzilmada» - Nig‘matilla Yo‘ldoshev inspeksiyalar mustaqil emasligi haqida
14:18 / 23.04.2021