Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy dunyodagi eng yirik ruda tashuvchi tankerni suvga tushirdi
Xitoyda barpo etilayotgan hamda dunyodagi eng yirik ruda tashuvchi tanker ekani ta'kidlanayotgan kema Shandun sharqiy viloyatidagi Tsindao shahrida suvga tushirildi. Shu bilan unga elektr uskunalarni joylash va barcha tizimlarni yakuniy sinovdan o‘tkazishning so‘nggi bosqichi boshlandi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.
Xitoy OAV tankerni "Dengiz giganti" deb atashmoqda. Bunday deyishga kemaning 10 qavatli uy balandligiga teng kelishi sabab bo‘lmoqda. Suv sig‘imi 400 ming tonna bo‘lgan kema uzunligi 362 metrni, balandligi 30,4 metrni tashkil etadi. U 25,5 ming dengiz miligacha safar qila oladi hamda tezligini soatiga 14,5 uzlga yetkazadi. Tankerning umumiy foydali maydoni 3 ta futbol maydoniga teng.
Xitoy kelgusida 30 ta shunday kema barpo etishni rejalashtirmoqda. Xabar qilinishicha, ayni vaqtda qurilayotgan yangi tanker Braziliyadan temir rudasini keltiradi. Hozircha, uning qachon foydalanishga topshirilishi ma'lum emas.
Mavzuga oid
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
21:17 / 07.06.2026