Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika fojiasi. Maktab binosi qulashi oqibatida 20dan ortiq o‘quvchi halok bo‘ldi
Meksika poytaxti Mexiko shahrida zilziladan keyin vayronaga aylangan maktab binosi xarobalari ostidan 22 jasad topildi. Bu haqda Associated Press agentligi Meksika prezidenti Enrike Penya Netoga asoslanib xabar tarqatdi.
U qurbonlarning ikki nafari yoshi katta kishilar ekani, qolganlar maktab o‘quvchilari bo‘lganini ma'lum qildi.
Ayni vaqtda shu kuni maktabda bo‘lgan 30 bola va yana sakkiz kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda. Qutqaruvchilar ularni qidirishda davom etishmoqda.
Oxirgi xabarlarga ko‘ra, 19 sentabr kuni Meksika janubida ro‘y bergan 7,1 balli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 200 nafardan oshdi. Mexikoda kamida 44 bino qulab tushgan, shaharda sukunat rejimi kiritilgan, shu orqali qutqaruvchilar xarobalar ostidagilarning ovozlarini eshitishga umid qilishmoqda.
Mavzuga oid
23:04 / 03.03.2026
Meksikada narkokartel yetakchisi «El Mencho» oltin tobutda dafn etildi
21:30 / 03.03.2026
FIFA prezidenti Meksika jahon chempionatini qabul qilishga tayyorligiga ishonch bildirdi
23:00 / 24.02.2026
Meksikada narkokartel rahbari o‘ldirilgandan keyingi tartibsizliklar to‘xtadi
11:57 / 24.02.2026