Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikadagi navbatdagi kuchli zilzila oqibatida 40 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi
Meksikada kuzatilgan navbatdagi kuchli zilzila oqibatida Morelos shtatida kamida 42 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda shtat gubernatori Grako Ramires tvitterda ma'lum qildi.
Ramires o‘z sahifasida halok bo‘lganlar haqidagi dastlabki ma'lumotlar berilgan jadvalni joylashtirgan. Unda 42 kishi halok bo‘lgani ko‘rsatilgan. Yana kamida 3 kishi Puebla shtatida halok bo‘lgan.
Meksikada 19 sentabrda 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila UTC vaqti bo‘yicha soat 18.14da yuz bergan. Zilzila markazi Puebla-de-Saragosa shahridan janubi-g‘arb tomonga 49 km va Tepeoxuma aholi punktidan 8 km uzoqlikda, o‘chog‘i 60 km chuqurlikda bo‘lgan.
Mamlakat poytaxti Mexikoda ham kuchli silkinishlar sezilgan. Mexiko fuqarolik mudofaa ishlari vaziri zilziladan keyin yong‘inlar chiqqani, binolar qulaganini ma'lum qilgan. Uning aytishicha, vayronalar ostida odamlar qolmoqda. Ko‘plab ko‘chalarda harakat to‘liq to‘silgan, katta tirbandliklar yuzaga kelgan. Mahalliy aholi gaz sizib chiqishi holatlari haqida xabar qilgan. Benito Xuares nomidagi Mexiko xalqaro aeroporti o‘z ishini to‘xtatgan.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026