Jamiyat | 09:59 / 20.09.2017
5149
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadagi universitetga o‘qishga kiritishni va'da qilgan firibgar ushlandi

Denov tumani “Buyuk ipak yo‘li” mahallasida yashovchi, tumandagi “Islom Nurafshon” xususiy korxonasi rahbari, A.S.ning arizasi yuzasidan tuman prokuraturasi va Departamentning tuman bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda, tumanning “Ozod” mahallasida yashovchi “Denov yengil sanoat” kasb hunar kollejida o‘qituvchi, J.M. A.S.ni 2000 AQSh dollari evaziga Tatariston Respublikasi “Kazan federal Universiteti”ga o‘qishga kiritish uchun tanishi “Kazan federal Universiteti”ning 2-kurs talabasi, tumanning “Fayzli” mahallasida yashovchi M. M. bilan o‘zaro til biriktirib, S.Ashurovadan 1000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. 

Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Natijada M.J. va  M.M.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid