O‘zbekiston | 18:55 / 20.09.2017
6003
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryolik fermerlar Respublika Kengashi konferensiyasiga o‘z vakillarini sayladilar

Bugungi kunda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishda, tizimda bozor mexanizmlarini joriy etishni davr taqozo etmoqda.

Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston fermerlari kengashi qaroriga ko‘ra Kengashni O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi sifatida qayta tashkil etish bo‘yicha navbatdagi konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 14-16 sentabr kunlari Sirdaryo viloyatining barcha tumanlari hamda 18 sentabr kuni viloyat fermerlari kengashining navbatdagi konferensiya tadbirlari yuqori saviyada o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbirlarda Kengashni O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi sifatida qayta tashkil etish bo‘yicha kun tartibidan o‘rin olgan masalani ko‘rib chiqish uchun viloyatdan ishonch bildirilgan vakillar saylab olindi.

Tumanlarda o‘tkazilgan tadbirlar davomida vakil sifatida hududiy kengashlar konferensiyalarida ishtirok etish uchun viloyatda faoliyat yuritayotgan barcha fermerlar nomidan 128 nafar vakillar saylab olinib, o‘z navbatida hududiy fermerlar kengashlari konferensiyasida ishtirok etgan har 5 ta fermer xo‘jaligi rahbarlari nomidan 1 ta fermer xo‘jaligi rahbari, jami 26 kishi Respublika Konferentsiyasida vakil sifatida ishtirok etishi bo‘yicha qarorga kelindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid