Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Behayo filmlarni chegaradan noqonuniy olib o‘tishga uringan bir guruh “telegramchilar” fosh etildi
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan behayo va zo‘ravonlik mazmunidagi fotosuratlar, videofilm va roliklarni bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib o‘tishga uringan bir guruh “telegramchilar” aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Jumladan, “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari “Novosibirsk-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha kirib kelgan poyezd yo‘lovchisi fuqaro J.J. yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda taqdim qilinmagan Samsung rusumli uyali telefon borligi aniqlandi. Telefonning “Telegram” nomli papkasida 12dona behayo mazmundagi video va 65 dona behayo mazmundagi foto fayllar hamda vahshiylikni targ‘ib qiluvchi video rolik borligi ma'lum bo‘ldi.
Shunga o‘xshash holatda “Moskva-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha kirib kelgan fuqarolar M.U. va B.Z.lar bojxona nazoratidan chetlab olib o‘tmoqchi bo‘lgan “Samsung” rusumli uyali telefonlarining“ Telegram” papkasida 84 dona behayo mazmundagi video fayllar va 255 dona foto suratlar borligi ma'lum bo‘ldi.Telefon egalari qo‘l telefonlariga foto va videofayllar qanday qilib tushib qolganidan go‘yoki bexabar ekan.
Mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 189-moddasi bilan ma'muriy ish yuritilib, ko‘rib chiqish uchun tegishli sud idoralariga yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ko‘ra, pornografik, shuningdek zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish fuqarolarga eng kam ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
20:06 / 10.06.2026