Institut talabalari Yoshlar ittifoqi yetakchisini saylashdi

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti yetakchisini saylashga bag‘ishlangan yig‘ilishi o‘tkazildi.
Institut rektori O‘.Umrzoqov, Yoshlar ittifoqi Mirzo Ulug‘bek tumani kengashi raisi Sh.Olimov va boshqalar davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil qilingan mazkur tuzilma ertamiz davomchilarining haq-huquqlarini ta'minlash, ularda Vatanga muhabbat, kelajakka ishonch hissini qaror toptirishda beqiyos ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 18 iyuldagi «O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti mamlakatimiz qishloq va suv xo‘jaligi sohasida yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni tayyorlaydigan yetakchi oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi.
Institutning iqtisodiyot va menejment fakulteti to‘rtinchi bosqich talabasi Akmal Berdimurodov Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi etib saylandi.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Netanyahuga qarshi korrupsiya ayblovini olib tashlashga chaqirdi
Jahon | 07:40
-
Rossiya tashqi razvedka xizmati va MRB muloqotni davom ettirishga kelishib oldi
Jahon | 07:32
-
Isroil G‘arbiy sohildagi qochqinlar lagerida 1000 dan ortiq uyni vayron qildi
Jahon | 07:26
-
Avstraliya Tuvalu aholisi uchun maxsus iqlim vizasini beradi
Jahon | 22:37 / 29.06.2025
Mavzuga oid

12:54 / 19.06.2024
Jizzaxda odam o‘limiga sabab bo‘lgan talaba Yoshlar ittifoqi kafilligi ostida sud zalidan ozod qilindi

18:15 / 08.11.2021
Yoshlar ittifoqi hududiy sektor yoshlari va rahbarlari ishtirokida kitobxonlik tanlovi o‘tkazadi

16:00 / 19.04.2021
Yoshlar ittifoqi rahbariyatida lavozim o‘zgarishlari amalga oshirildi

08:09 / 07.04.2021