11 sentabr kuni Şanxay xalqaro tadqiqotlar universiteti saytida "Özbekiston mintaqaviy siyosatidagi yangi dinamika - Markaziy Osiyoda barqarorlik va taraqqiyot omili" nomli maqola taqdim etildi. Quyida uning mazmuni havola etiladi:

"2017 yilning 5-6 sentabr kunlari Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev davlat taşrifi bilan Qirğizistonda böldi. 

9 sentabrda Ş.M.Mirziyoyev Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qömitasi siyosiy-huquqiy komissiyasi kotibi, Özbekiston-Xitoy hukumatlararo hamkorlik qömitasi hamraisi Men Tszyançjuni qabul qildi va uni  har tomonlama strategik şeriklik munosabatlarini rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun "Döstlik" ordeni bilan mukofotladi". 

9-10 sentabrda Özbekiston davlat rahbari boşqa qöşni mamlakat - Qozoğistonda böldi, u yerda Islom hamkorlik taşkilotining ilm-fan va texnologiyalarga doir birinçi sammiti doirasida Afğoniston, Eron va Turkiya yetakçilari bilan uçraşdi. 

Özbekiston Prezidenti taşqi siyosiy faoliyatining bunday ziç grafigi Markaziy Osiyodagi mintaqaviy jarayonlarga sifat jihatidan yangi kuç beradi. Sözsiz, bu qator sabablarga köra, butun Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanişida katta rol öynaydi. 

Birinçidan, Özbekiston - Markaziy Osiyodagi eng yirik davlat. Uning aholisi 90-yillar boşidan buyon 20 million nafardan 32,5 million kişigaça oşdi, bugun u butun mintaqa aholisining deyarli yarmini taşkil qiladi. Özbekiston 11 yildan ortiq vaqt davomida iqtisodiy rivojlanişning jadal sur'atlarini namoyiş qilmoqda. 2017-2018 yillarda xalqaro moliyaviy taşkilotlar mamlakat YaIMning 7,4 foizdan kam bölmagan darajada ösişini kutişmoqda. Boşqaça aytganda, Markaziy Osiyo aholisining yarmi şunday tezkor ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş sur'atlari bilan "ta'minlangan".

Bundan taşqari, özbeklar yetakçisi, xalqaro muhokamaga qöyiş yöli orqali 2017-2021 yillar uçun Özbekistonni rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasini qabul qilib, ijtimoiy-siyosiy hayotning barça sohalarini modernizatsiyalaş, valyuta-moliyaviy, investitsion va savdo-iqtisodiy jabhalarda misli körilmagan islohotlarni amalga oşirmoqda.

Ikkinçidan, Özbekiston - mintaqadagi barça qöşni mamlakatlar, şu jumladan Afğoniston bilan ham çegaradoş Markaziy Osiyodagi yagona davlat. Şuning uçun ham, xalqaro doiralarda tan olinişiça, Özbekiston Markaziy Osiyodagi asosiy davlat hisoblanadi, zero butun mintaqa barqarorligi va xavfsizligi uning içki va taşqi siyosatiga boğliq böladi. 

Şavkat Mirziyoyev ötgan yilgi saylov oldi nutqlaridayoq Özbekistonning taşqi siyosatida Markaziy Osiyo ustuvor ahamiyatga ega bölişini ta'kidlagandi. 

Tez orada Ş.M.Mirziyoyev xalq tomonidan saylangan prezident sifatidagi ilk taşriflarni aynan Markaziy Osiyodagi qöşni mamlakatlar - Turkmaniston va Qozoğistondan boşladi. Qirğiziston - Özbekiston Prezidenti yil boşidan buyon taşrif buyurgan uçinçi qöşni mamlakat böldi. 

Şavkat Mirziyoyev Qirğiziston Respublikasiga taşrifi davomida Almazbek Atambayev bilan ikki mamlakat örtasidagi barça sohalardagi aloqalarni kengaytiriş va kelgusidagi hamkorlik istiqbollari masalalarini muhokama qildi. Oliy darajali muzokaralar yakuni bugungi kunda özbek-qirğiz munosabatlarining yangi bosqiçga kötarilganini namoyiş qildi. 

Taşrif yakunlari sönggi yigirma yildan köproq vaqt davomida ikki tomon uçun ham tarixiy ahamiyat kasb etdi. Prezidentlar muzokaralari natijasida Özbekiston va Qirğiziston örtasida Qöşma dekalaratsiya va Özbekiston-Qirğiziston davlat çegarasiga doir bitim imzolandi. Şuningdek ikki davlat rahbarlari yaqin yillarda ikki tomonlama savdo aloqalari hajmini 500 million dollarga kötarişga kelişib olişdi. 2017 yil boşidan beri ikki tomonlama savdo aylanmasi 60 foizga ösdi va 150 million dollarni taşkil qildi.

Ş.Mirziyoyev va A.Atamboyev "Özbekiston-Qirğiziston-Xitoy" temir yöl magistrali loyihasini qisqa fursatlarda amalga oşirişdan özaro manfaatdor ekanliklarini ta'kidlaşdi. Tomonlar mazkur loyihaning amalga oşişi içki tovar aylanmasining ösişiga va Markaziy Osiyoning "Şarq-Ğarb" yönalişi böyiça foydali tranzit zvenosi sifatidagi jozibadorligining oşişiga xizmat qilişini qayd etişdi. 

Şu bilan birga, Toşkent va Bişkek yangi "Özbekiston-Qirğiziston-Xitoy" avtomobil koridorining yaratilişi uçun bor kuçlarini işga solişga işontirişdi. Bu loyihaning amalga oşişi mintaqadagi davlatlar örtasidagi özaro manfaatli aloqalarning sezilarli darajada kengayişiga, şuningdek ularning birgalikdagi iqtisodiy rivojlanişiga qöşimça kuç bölib xizmat qiladi. 

Bundan taşqari, yuqoridagi loyihalarning amalga oşişi butun Markaziy Osiyoning Şarq va Ğarb örtasidagi muhim tranzit-kommunikatsion aloqalarni boğlovçi zveno sifatidagi geoiqtisodiy jozibadorligini oşiradi. Osiyo-Tinç okeani mamlakatlari, eng avvalo, Xitoyni, boşqa tomondan Yevropa va Yaqin Şarq mamlakatlarini qisqa yöl bilan boğlaşga doir yangi strategik imkoniyatlar oçiladi.

Ta'kidlaş joizki, Özbekiston va Xitoyning hamkorlikdagi sa'y-harakatlari natijasida 2016 yilda Qamçiq dovonida qisqa muddatlarda temir yöl tunneli ekspluatatsiyaga topşirildi. 

Şubhasiz, bularning bari Markaziy Osiyo mamlakatlarining rivojlanişiga yangiça kuç beradi. Markaziy Osiyo davlatlarining boşqa hamkorlari, jumladan, Markaziy Osiyoni Xitoy va Osiyo-tinç okeani mintaqasining şiddat bilan rivojlanib borayotgan bozorlariga eng qisqa yöl bilan olib çiquvçi tabiiy köprik sifatida köruvçi Turkiya va Eron ham bundan manfaatdordir.