Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston havo yo‘llari» General Electric Aviation bilan memorandum imzoladi
GE Aviation va «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK 2017 yil 20 sentabr kuni Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan AQSh-O‘zbekiston yillik biznes-forumi doirasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha memorandum imzoladi.
Hujjat doirasida «O‘zbekiston havo yo‘llari» to‘rtta yangi Boeing 787 Dreamliner samolyotini jihozlash uchun GEnx-1B dvigatellari va bitta GEnx-1B zaxira dvigatelini sotib oladi. Ular 2018 yilda yetkazib berilishi rejalashtirilmoqda. Dvigatellarning qiymati 230 mln. dollarga baholanmoqda, deya xabar beradi GE Aviation.
GE Aviation’ning savdo bo‘yicha vitse-prezidenti Sheker Shahrur kompaniya «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK bilan strategik hamkorlikni kengaytirishdan mamnunligini ta'kidladi. Kompaniya «O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyot parkini ilg‘or GE texnologiyalari bilan ta'milashni ham rejalashtirmoqda.
«Yangi Boeing-787 samolyotlarini jihozlash uchun GEnx-1B dvigatellarini tanlash ularning yuqori ishonchliligi va samaradorligini isbotlaydi», - deydi u.
Bundan tashqari, memorandum doirasida GE Aviation «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKning Genx dvigatellari bilan jihozlangan Boeing 787 Dreamliner samolyot parkiga TRUEnginega unvonini berdi.
Shuningdek, tomonlar «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKning Boeing 787 Dreamliner samolyotlariga o‘rnatilgan GEnx-1B dvigatellarini ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha muzokaralarni boshlashga kelishib oldi.
Mavzuga oid
17:03 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
14:31 / 16.04.2020
«O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyotlari yuk tashuvchi sifatida qayta jihozlanmoqda
14:52 / 26.11.2019
Havo kodeksiga o‘zgartirish kiritilsa, aviachiptalar narxi kamida 20 foizga arzonlashishi mumkin
17:29 / 11.11.2019