Jamiyat | 23:05 / 22.09.2017
25497
2 daqiqa o‘qiladi

Bengal yo‘lbarslarining noyob oq yo‘lbarsga hujumi fojiali tugadi

Foto: Newslions / SWNS.com

Noyob oq yo‘lbars bengal yo‘lbarslari hujumidan keyin hayvonot bog‘ida halok bo‘ldi. Bangalordagi Binaryghatta Biological Park'da oq yo‘lbarslarning to‘sig‘i yopilmay qolib ketgan mahal bengal yo‘lbarslari hujum uyushtirgan. NDTV shu haqida ma'lum qildi. 

Binaryghatta Biological Park direktori Santosh Kumarning so‘zlariga ko‘ra, hayvonot bog‘i xodimlari yo‘lbarslarni masofadan ajratishga urinishgan, biroq befoyda. 

Shreya nomini olgan jonivor to‘rt kun avval umurtqa pog‘onasi, yuzi va oyoqlaridan jarohatlar olgan, payshanba kuni esa uning joni uzilgan. 

Boshqa oq yo‘lbars - Amar ham jag‘ va oyoq sohalaridan jarohat olgan, lekin u omon qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Indian Tiger Welfare Society ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoda atigi 200 oq yo‘lbars qolgan. 

"Baxtsiz hodisa yuzasidan tergov olib borilmoqda", - deydi o‘rmon sektori uchun mas'ul S.Jayaram. 

Parkda atigi 5 oq yo‘lbars, 20dan ortiq bengal yo‘lbarsi qoldi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid