Kun.uz Samarqand viloyat ruhiy kasalliklar şifoxonasida faoliyat körsatayotgan xodimlar (jami 14 kişi) tomonidan yöllangan murojaat asosida jurnalistik suriştiruv olib bormoqda. Bundan avvalroq tekşiruvlar natijasining birinçi qismi naşr qilingandi.

Suriştiruvlar boşlanganidan buyon ötgan muddat içida şifoxona rahbarlari hujjatlardagi kamçilik-nuqsonlarni tuzatiş ustida jiddiy ter tökişgani aniq. Biroq ayrim xulosalarni çiqariş mumkin. Hujjatlardagi nomutanosibliklar uçun aybdor topilişi va qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilişi kerak, albatta. 

Masalan, şifoxonaga tegişli avtomaşinalarning hisobdan çiqarilişida töğridan töğri mansab vakolatini suiiste'mol qiliş holati közga taşlanmoqda.

15 boş qoramol tirik vazni 2016 yil 18 avgust kuni 11 ming sömdan baholanib,  jami 17 mln 72 ming sömga sotib yuborilgan. Nazarimizda, qoramollarning narxi pasaytirib baholangan. Qoramollar 9 ta ona sigir, 1 ta hökiz va 5 ta urğoçi buzoq bölgani holda ularning umumiy vazni 1552, ya'ni örtaça 101 kilogrammdan ekanligi biroz şubhali. Pasaytirib baholangan har qanday bitim soxta bitim hisoblanadi.

Suriştiruvlar çoğida 810 bemorga (har bir bemor uçun davlat tomonidan kuniga 46 ming söm ajratiladi) möljallangan şifoxonada 525 ta töliq stavkada 786 kişining işlaşiga ham e'tibor qaratiş kerakka öxşaydi. Çunki bundan avvalgi boşqaruvda şifoxonada haqiqiy ma'noda ruhiy xasta va davolanişga muhtoj kişilar qoldirilgan, boşqa 300 ga yaqin muvaqqat bemorga javob berilgan. Bemor örinlari soni 500 tagaça kamaytirilgan. Ayni vaqtda esa, koykalar soni oşirilgan. Boz ustiga, şikoyatçilar öz arizasida stavkalar qisqartirilişidan emas, köproq qisqartirilgan stavkalar evaziga yangi xodimlar işga qabul qilinganidan yozğirişgan. Buni biz bilan suhbatda odamlarni iş bilan ta'minlayapman, deb boş vraç ham qisman tan oldi. 

Bizga tuşuntirişlariça, ayrim ruhiy kasal bölgan bemorlarning oila a'zolari ularni şifoxonaga yotqizib, özlari oylab xabar olmay yuradigan holatlar böladi. Standart taşxislaş va davolaş haqidagi SSV yöriqnomasiga köra, asosiy ruhiy kasallar şifoxonada 1 oy, uzoği 1,5 oy davolanişi kerak. Faqat depressiv kasallar 3 oy yotib davolanişi mumkin. Bemor yaqinlari unga ruhiy kasalligi uçun davlat tomonidan beriladigan nafaqani işlatib yuraverişadi. Bunday bemorlar nogironlar muruvvat uylariga ötkazilsa, umrining söngiga qadar töliq davlat hisobidan ta'minlanadi. Biroq qarindoşlar nafaqa pulidan quruq qolişlari sababli bunga aslo könmaydilar. Bemorlarga yangidan-yangi, paydar-pay ulab kasallik tarixi oçilib, şifoxonada olib qolinaveradi. Iddao qilinişiça, bu xizmat ham tekin emas.