Samarqand shahar IIB Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari qator o‘g‘rilik jinoyatlarini fosh qilishdi
Joriy yilning 28 avgust kuni Samarqand shahar IIB Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari safdorlar E.Norbekov, J.Soliyev va O.Payziyevlar tungi soat 22.30larda Samarqand shahrida joylashgan “Shodiyona” kiyim-kechak savdo markazida xizmat olib borayotgan vaqtlarida 71-sonli savdo do‘koni eshigi kalit tanlash yo‘li bilan ochilganligini payqab qolib, zudlik bilan Samarqand shahar Qo‘riqlash bo‘limi Texnik qo‘riqlash markaziga aloqa vositasi orqali xabar berishgan. Bu haqda KUN.UZ’ga IIV Qo‘riqlash Bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, do‘kon ichiga kirilganida bir noma'lum shaxs do‘kon ichida o‘g‘rilik sodir etib, do‘kon ichidagi mollarni talon-toroj qilayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlanib, texnik qo‘riqlash markazi tezkor xodimlari tomonidan tuman IIB navbatchilik qismiga topshirilgan.
Hozirda tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
2017 yilning 30 avgust kuni Samarqand shahar IIB Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari safdorlar B.Xujmatov, S.Suyarov va E.Norbekovlar tungi soat 23.40larda Samarqand shaxrida joylashgan “Siyob” savdo unitar korxonasining avtomashina ehtiyot qismlari savdo markazida xizmat olib borayotgan vaqtlarida 39-sonli savdo do‘konidan bir noma'lum shaxs 1 dona avtomashina oldi oynasini va 1 dona avtomashina shinasini o‘g‘irlab ketayotganligini ko‘rib qolishgan.
Ular zudlik bilan Samarqand shahar Qo‘riqlash bo‘limi Texnik qo‘riqlash markaziga aloqa vositasi orqali xabar berib, ushbu shaxsni ushlash choralarini ko‘rib, uni daliliy ashyolar bilan ushlab, texnik qo‘riqlash markazi tezkor xodimlari tomonidan tuman IIB navbatchilik qismiga topshirilgan.
Hozirda tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024
Samarqandda avtobus salonini ayollar va erkaklar uchun ajratgan haydovchiga chora ko‘rildi
11:44 / 31.10.2024