Jahon | 08:01 / 22.09.2017
10969
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreyada bo‘lgan samolyot va kemalarga yarim yil AQShga kelish taqiqlandi

Shimoliy Koreyada bo‘lgan samolyot va kemalarga yarim yil davomida AQShga tashrif buyurish taqiqlandi. Bu haqda Oq uyning AQSh prezidenti Donald Trampning Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish haqidagi farmoniga izoh berilgan bayonotida aytilgan.

Taqiqlov, shuningdek Shimoliy Koreyaga 180 kun ichida tashrif buyurgan kemadan boshqa kemaga yukni o‘tkazishga ham qo‘llanadi.   

Qaror, shuningdek, AQSh moliya vaziriga davlat kotibi bilan maslahatlashuvdan keyin Shimoliy Koreyadagi qurilish, energetika, moliya xizmatlari taqdim qilish, baliqchilik, axborot texnologiyalari, ishlab chiqarish, tibbiyot, tog‘ sanoati, to‘qimachilik va transport sohalari bilan bog‘langan shaxslarga nisbatan sanksiyalar kiritish vakolatini beradi. Shuningdek, Shimoliy Koreyadagi istalgan port, aeroport yoki quruqlikdagi chegara nazorat-o‘tkazish punktiga egalik qilish, uni nazorat qilish va undan foydalanish, Shimoliy Koreyaga istalgan tovar, xizmat va texnologiyalarni eksport-import qilish taqiqlanadi. 

Oq uyning fikricha, "Shimoliy Koreya hukumatining ig‘vogar, beqarorlashtiruvchi va repressiv harakatlari va siyosiy yo‘nalishi AQSh milliy xavfsizligi, tashqi siyosati va iqtisodiyotiga muntazam tahdid soladi". 

Hujjatda aytilishicha, Vashington Shimoliy Koreya yadro va raketa dasturiga yo‘naltiradigan istalgan daromadga qarshi kurashadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid