Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va Suriya chegarasidagi devor qurilishi tugallanmoqda
Foto: AFP 2017
Turkiya oy oxiriga borib, Suriya bilan chegarasida beton devor qurilishini yakunlaydi. Bu haqida juma kuni Anadolu agentligi xabar berdi.
Loyiha bo‘yicha rejalashtirilgan 828 kilometr devorning 97 kilometrini qurib bitkazish qoldi. Hozirda Xatayning janubiy qismi, tog‘ jinslari ko‘p bo‘lgan hududda ishlar qizg‘in ketmoqda.
Chegaraviy to‘siqni yaratish loyihasi "Favqulodda chegara xavfsizligi tizimi" deb atalib, uni qurish ishlari 2016 yilda boshlangan. Devor 911 kilometrli Turkiya-Suriya chegarasining butun chizig‘i bo‘ylab qad ko‘taradi.
Devor uchun 3 metrli beton bloklar tikonli to‘siqlar bilan birga qo‘llanilmoqda. Har 300 metrda termal va infraqizil videokameralar, tungi kuzatuv tizimlari, radarlar, seysmik va akustik tebranishlar detektorlari bilan jihozlangan minoralar qad ko‘targan. Minoralarda jonli kuch, turli texnika va uchuvchisiz uchar qurilmalarni mag‘lub qilish uchun masofadan boshqariluvchi lazer va o‘q tizimlari o‘rnatilmoqda.
Bundan tashqari, agentlikda ta'kidlanishicha, Turkiya qurolli kuchlari vaziyatni monitoring qilish va Suriya hududida harakatlanishni nazorat qilish maqsadida dirijabllardan foydalanmoqchi. 16 metrli uchar qurilmalar bir kilometr balandlikkacha ko‘tarila oladi. Ular kuzatuv uskunalari bilan jihozlangan.
Mavzuga oid
22:57 / 23.04.2026
Prezidentga Turkiya bilan harbiy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ishlar haqida axborot berildi
17:49 / 21.04.2026
Turkiya ta’lim dasturlariga o‘zbek–turk do‘stligini urg‘ulovchi qo‘shimchalar kiritildi
14:08 / 21.04.2026
Turkiyada o‘qotar qurol nazorati kuchaytiriladi
11:15 / 17.04.2026