Umrni uzaytirishning oson va samarali usuli aniqlandi

Foto: FitDay
Kanadadagi Makmaster Universiteti olimlari haftada besh kun 30 daqiqalik jismoniy faollik yurak-qon tomir kasalliklari va boshqa sabablar natijasidagi o‘lim xavfini kamaytirib, umrni uzaytirishini aniqlashdi. New Scientist nashri shu haqida ma'lum qildi.
Keng ko‘lamli tadqiqotda 17 mamlakatdan 130 ming kishi ishtirok etdi. So‘rovnoma davomida ko‘ngillilar hafta davomida necha marta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishlarini ko‘rsatishgan. Tadqiqot ishtirokchilari yetti yil davomida nazorat ostida bo‘lishgan, bu vaqt davomida kasallik va o‘lim holatlari darajasi qayd etib borilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, haftasiga 150 daqiqani tez yurishga ajratuvchi kishilarda erta o‘lim holatlari xavfi 28 foizga kamayadi, 750 daqiqalik jismoniy faollik esa undan-da foydali bo‘lib, bu o‘lim ehtimolini 36 foizga kamaytiradi. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, yugurish, suzish bilan shug‘ullanish yoki sportzalga qatnash shart ham emas, shunchaki uylarni yig‘ishtirish yoki ishga piyoda borishning o‘zi yetarli bo‘ladi. Agar tavsiyalarga hamma rioya qilsa, u holda har yetti yilda 8 foiz o‘lim holatlarining oldini olish mumkin bo‘ladi.
Manbaga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 18-64 yoshdagi kishilarga har hafta kamida 150 daqiqani me'yoriy jismoniy faollikka va ikki kunni mushaklarni mustahkamlovchi mashqlarga qaratishni tavsiya qilishmoqda.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

10:37 / 12.06.2025
Dunyodagi mojarolar soni 1946 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

18:47 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi

13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi

18:43 / 08.05.2025