Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi 15 dollarli hojatxona qog‘ozini ishlab chiqardi
Foto:c.mi.com
Xitoyning Xiaomi elektron qurilmalar ishlab chiqaruvchisi antibakterial qoplamaga ega bambuk tolali hojatxona qog‘ozini ishlab chiqardi. Mi Community resursi shu haqida xabar berdi.
Sanitar-gigiyenik vosita Wuro brendi ostida ishlab chiqarilgan, assortimentda shuningdek maxsus antibakterial sochiqchalar ham mavjud. Har bir rulonga 10 metrga yaqin to‘rt qavatli qog‘oz o‘ralgan.
Yangi sanitar-gigiyenik vositaning narxi 99 yuanni (15 dollar atrofida) tashkil qiladi. Ishlab chiqaruvchining ta'kidlashicha, qog‘ozdan oshxona sochig‘i sifatida ham foydalanish mumkin.
Shunisi diqqatga sazovorki, bu Xiaomi ishlab chiqargan birinchi hojatxona vositasi emas. 2017 yilning avgustida Xitoy kompaniyasi unitaz uchun aqlli o‘rindiqni namoyish etgan. Mazkur aksessuar foydalanuvchilarning qulayligini ta'minlab, hatto suvni ham bir necha rejimda uzata olardi.
Bundan tashqari, unda santexnikani bakteriyalardan tozalovchi maxsus uskuna o‘rnatilgan. Qurilma narxi - 999 yuan (151 dollar atrofida).
Mavzuga oid
00:15 / 04.01.2026
Xiaomi ayrim smartfonlarini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatadi
17:00 / 15.12.2025
Xiaomi’dan Yangi yil aksiyasi: 15-31 dekabr kunlari Redmi smartfonlariga maxsus narxlar
00:11 / 14.12.2025
Xiaomi “ChatGPT qotili”ni ishlab chiqdi
23:08 / 07.12.2025