Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda iPhone’ning savdoga chiqarilishi kuni uni xarid qilgani bor-yo‘g‘i ikki kishi keldi
iPhone 8 smartfoni savdoga chiqarilishi bilan Apple texnikasi ixlosmandlari orasida odat tusiga kirgan an'analardan biri – turnaqator navbatlar yo‘qqa chiqqan ko‘rinadi. Ba'zi foydalanuvchilar fikricha, yangi qurilma uning avvalgi arzonroq versiyalariga nisbatan biror yaxshiroq jihati bilan ajralmaydi va yaxshisi biroz ko‘proq mablag‘ jamg‘arib, iPhone X chiqishini kutib turgan afzalroq. Xitoyning Xanchjou shahridan reportaj bu borada Apple uchun xursand bo‘lsa arzigulik bo‘lmagan manzaralarni ko‘rsatmoqda: mahalliy Apple Store do‘koniga yangi smartfon uchun bor-yo‘g‘i ikki kishigina kelgan, xolos.
Suratlarga e'tibor bersangiz, navbat uchun tashkillashtirilgan to‘siqlar chetga olib qo‘yilgan, chunki smartfonning savdoga chiqarilishi ilk kuni unga faqatgina 2 kishi qiziqish bildirgan. 30 ga yaqin qo‘riqchi to‘siqlarni yig‘ishtirish bilan ovora. Aytish joizki, shunga o‘xshash "achinarli" tendensiya butun dunyo bo‘ylab kuzatilmoqda.
Buning ortida Apple kapitallashuvi bir hafta ichida 43 mlrd dollarga kamayib ketdi va kompaniya aksiyalari 17 oy ichidagi eng katta yo‘qotishlarni qayd qilmoqda. Mutaxassislar buni kompaniyaning yangi mahsulotlari borasida "sovuq" fikrlar bildirilgani va iPhone 8’ning past savdolari bilan bog‘lashmoqda.
Tahlilchilarning fikricha, iPhone 8 savdolari birinchi dam olish kunlari oxirgi 3 yil ichidagi eng minimal ko‘rsatkichni namoyish qiladi. Bu qisman foydalanuvchilar innovatsionroq bo‘lgan iPhone X’ning chiqishini kutayotganlari bilan bog‘langan. Ushbu smartfon noyabr boshida savdoga chiqishi kerak. O‘shanda iPhone uchun navbatlar haqiqatan ham "o‘lgan-o‘lmaganini" bilish mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:13
Arktika xavfsizligi: Germaniya Rossiya va Xitoy tahdidlariga ishora qildi
23:35 / 12.01.2026
O‘ldingmi? – Xitoyda yolg‘iz odamlar uchun mo‘ljallangan ilova ommalashdi
00:48 / 11.01.2026
Xitoy kompaniyasi odamsimon robotlar sotish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘ldi
15:42 / 09.01.2026