Jahon | 12:57 / 23.09.2017
14224
2 daqiqa o‘qiladi

Lavrov: Rossiya Suriyada terrorchilarga qarshi kurashga AQShning xalaqit berishiga yo‘l qo‘ymaydi

Foto: AP

Rossiya AQShga Suriyada aksilterrorchilik operatsiyalarining o‘tkazilishiga xalaqit qilishga urinishlar javobsiz qolmasligini aniq tushuntirib qo‘ydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov suriyalik hamkasbi Volid Muallimga u bilan BMT Bosh assambleyasi doirasidagi uchrashuvda ma'lum qildi.

"Biz muntazam ravishda amerikaliklar, AQSh davlat departamenti va Pentagon bilan gaplashmoqdamiz va biz nima yuz berayotganini tushuntirdik. Biz amerikalik "do‘stlar"ga, yoki ularni yana boshqacha qanday atash mumkin, yaqin hududlardan aksilterrorchilik operatsiyasi yakunlanishini murakkablashtirishga harakatlar bo‘lsa, bu javobsiz qolmasligini aniq tushuntirib qo‘ydik", deb aytdi Lavrov.

Muallim o‘z navbatida AQSh Suriya armiyasining Daur-az-Zorga kirib borishiga xalaqit qilishga urinayotganini ta'kidlab o‘tdi. Uning aytishicha, Suriyaning Rossiya bilan hamkorligi o‘z mevasini bermoqda.

"Biroq amerikaliklar o‘z yondashuvlarini hamon o‘zgartirmayaptilar. Ular Daur-az-Zorda armiyamizning IShIDga qarshi hujumlariga xalaqit qilishga urinmoqda", deb aytdi Muallim.

"Aminmanki, Suriya armiyasining harbiy-koinot kuchlari ko‘magidagi muvaffaqiyatlari, ayniqsa, Daur-az-Zorda, yaxshi taassurot qoldiradi. Bu IShIDga qarshi kurashda qat'iy hissadir. Sizning bu masala va Suriyadagi vaziyat bo‘yicha baholaringizni tinglashga tayyormiz", deb qo‘shimcha qilgan Lavrov.

Avvalroq Rossiya bosh shtabida "Jibhat an-Nusra" jangarilari Suriya armiyasining Xama shahridagi pozitsiyalariga katta ko‘lamli hujumni amalga oshirayotganini ma'lum qilgandi. Bosh shtabning aytishicha, hujumga Suriya hukumat kuchlarining Daur-az-Zorga kirib borishini to‘xtatish uchun AQSh maxsus xizmatlari xaspo‘shlik qilganlar. Pentagonda bu ayblovlar rad etilgan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid