Jahon | 10:13 / 23.09.2017
8576
2 daqiqa o‘qiladi

Merkel: Shimoliy Koreya bilan bog‘liq nizoga harbiy aralashuv fojiaga olib keladi

Foto: RIA «Novosti»

Shimoliy Koreya bilan bog‘liq nizoga har qanday harbiy aralashuv fojiaga olib keladi. Bu muammoni diplomatik yo‘llar bilangina hal qilish kerak, deb aytdi Germaniya kansleri va XDI/XSI partiyalari alyansi yetakchisi Angela Merkel. U bu haqda Myunxenda saylovoldi kampaniyasining yakunlovchi saylovoldi namoyishida aytib o‘tdi.

"Men hamisha Germaniyani imkoni bor joyda diplomatik yechimni qo‘llab-quvvatlashiga chaqiraman. Men Shimoliy Koreya diktatorining yadroviy sinovlarini nazarda tutmoqdaman. Men bu nizo diplomatik yo‘l bilan hal qilinishini qo‘llab-quvvatlayman, unga har qanday harbiy aralashuv fojiaga olib keladi", deb aytgan Merkel.

Merkelning aytishicha, uning alyansi saylovlarda g‘alaba qozonsa, u Shimoliy Koreya atrofidagi vaziyat bo‘yicha muzokaralarni boshlash va "dunyoni barqarorroq qilish" uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshiradi.

Germaniya parlamentiga saylovlar 24 sentabrda bo‘lib o‘tadi. Ijtimoiy so‘rovnomalar ma'lumotlariga ko‘ra, Merkel alyansi ishonchli tarzda yetakchilik qilmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid