Jahon | 20:55 / 23.09.2017
8836
1 daqiqa o‘qiladi

Pragada desantchi ayol va bola ustiga tushdi

Foto: Ren TV

Chexiya poytaxti Pragada Armiya kuni nishonlanishi davomida ko‘rgazmali sakrashlar vaqtida ayol va bola desantchilardan biri ularning ustiga tushishi oqibatida jarohat oldi. Bu haqda Praga shahri tez tibbiy yordam xizmati vakili Yana Poshtova ma'lum qildi. 

Voqea Praganing tarixiy markazi ustidan qad rostlab turuvchi Letna tepaligida yuz bergan. 8 nafar parashyutchining oxirgi sakrashida 36 yoshli desantchi ehtimol qilinishicha kuchli shamol tufayli belgilangan qo‘nish joyiga tushmay, tomoshabinlarga borib urilgan. 

"Bir ayol va bola yengil jarohat olib, shifoxonaga yetkazilganlar. Parashyutchining o‘zi ham jarohat olgan", deb aytgan Poshtova.

Mavzuga oid