Praga politsiyasi Rossiya fuqarosi Yevgeniy Gerasimenkoni Vatslav Havel nomidagi aeroportda qölga oldi, Rossiya hukumati uni hibsga oliş uçun xalqaro order bergan, deb xabar tarqatdi Denik N naşri 9 yanvar, seşanba kuni politsiyaga tayanib.
Naşrning yozişiça, qölga oliş xalqaro hibsga oliş orderi asosida amalga oşirilgan. Rossiya rasmiylari hozirda Gerasimenkoning moliyaviy firibgarliklari sababli vataniga ekstraditsiya qilinişini kutmoqda. Gerasimenkoni Rossiya Federatsiyasiga ekstraditsiya qiliş imkoniyati haqidagi qaror Praga şahar sudi tomonidan körib çiqiladi. Hozirda rossiyalik hibsga olingan.
Rossiya Gerasimenkoni 2023 yilda hibsga olişga order bergan. Hibsga olingan şaxs bilan muloqotda bölgan Denik N manbalarining aytişiça, unga nisbatan Rossiyada qözğatilgan iş Gerasimenkoni Rossiyaga qaytariş maqsadida siyosiy xususiyatga ega.
Rossiyalik 7 yanvar kuni tuşdan keyin Rigadan Praga orqali Parijga uçayotgan vaqtida qölga olingan. U uruşga qarşi pozitsiyasi va namoyişlarda qatnaşgani uçun Rossiyada ta’qib qilinayotganini aytib, Fransiyadan siyosiy boşpana söramoqçi edi, deb yozadi Denik N.
Rossiya Federatsiyasi Boş prokuraturasi ma’lumotlariga köra, 2023 yil yanvar-noyabr oylarida xorijiy davlatlarning vakolatli organlari Rossiyadan fuqarolarni jinoiy javobgarlikka tortiş yoki jazoni ijro etiş uçun ekstraditsiya qiliş böyiça 101 ta sörovni qondirişdan boş tortgan. Şu bilan birga, uşbu davrda 126 kişi xorijdan Rossiya tomoniga ekstraditsiya qilingan.












